"Lans" PSJga qarshi o'yinni keyinga qoldirishdan bosh tortdi

Sherzod Nurmatov
24 mar 2026
Fransiyaning "Lans" klubi 11 aprelga belgilangan PSJga qarshi o'yinini keyinga qoldirishni istamadi.

Bu haqda Fransiya OAV xabar tarqatdi.

Parijliklar jamoaga "Liverpul"ga qarshi o'yinlar oralig'ida ko'proq dam berishni xohlagandi.

"Lans" bunday iltimosning manosiz ekanligini tushuntirdi, ayniqsa, jamoa hozirda turnir jadvalida PSJdan atigi 1 ochko ortda qolayotgan va chempionlik poygasi ular o'rtasida ketayotgan bir paytda. Shuningdek, "Lans" PSJ francuz futbolini nazorat qilmasligi kerak, deb hisoblaydi.

PSJ ilgari "Chelsi"ga qarshi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish uchun liga o'yinlari keyinga qoldirilishiga erishgandi. Ko'plab muxlislar bundan norozi, chunki APL klublari uchrashuvlarni keyinga qoldirishga qodir emas.

PSJ va "Liverpul" o'rtasidagi o'yinlar 8 va 14 aprel kunlari bo'lib o'tadi. "Lans" va PSJ o'rtasidagi Fransiya chempionati bahsi 11 aprelga rejalashtirilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe