PSJ Luis Enrikega yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilmoqda

Sherzod Nurmatov
27 mar 2026
Murabbiy Luis Enrike PSJni butunlay yangi bosqichga olib chiqdi.

Taniq insayder Nikolo Skiraning yozishicha, francuz klubi rahbariyati amaldagi bosh murabbiy bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlagan.

Hozirda Enrikega moliyaviy shartlari sezilarli darajada yaxshilangan uzoq muddatli shartnoma taklif qilingani ma'lum, chunki Parij klubi rahbariyati uni PSJni kelgusi yillarda yuqori cho'qqilarda ushlab turishga qodir murabbiy sifatida ko'rmoqda.

Enrikening Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan va murabbiyning o'zi hali bu sanadan keyingi kelajagi haqida yakuniy qaror qabul qilmagan.

Enrike 2023 yil iyul oyida PSJni qabul qilib olgan. Parijliklardagi faoliyati davomida u 161 o'yinda murabbiylik qilib, 113 ta g'alaba, 25 ta durang va 23 ta mag'lubiyat qayd etdi. 2024/25 yilgi mavsumda murabbiy Parijga orzu qilingan Chempionlar Ligasi kubogini olib keldi va klub tarixida abadiy nomini yozib qoldirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira