PSJ Kvaratsxeliya bilan xayrlashmoqchi emas

PSJ vinger Xvicha Kvaratsxeliya bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli gruziyalik futbolchini Parij klubida asosiy o'yinchilardan biri sifatida ko'rishmoqda va uni tarkibda saqlab qolishmoqchi.

Avvalroq, "Arsenal" 2026 yilning yozida futbolchining transferini ko'rib chiqayotgani xabar qilingandi.

Kvaratsxeliya PSJ safida 2025 yilning yanvaridan buyon o'ynab kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uning narxini 90 million evroga baholamoqda. Bu mavsumda vinger barcha musobaqalarda 37 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: x.com/NicoSchira