

"SoccerTalk"ning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" Kataloniya klubidan 28 yoshli hujumchi uchun to'liq 26 million funt miqdoridagi to'lovni talab qilmoqda. Biroq "Barselona" to'liq summani oldindan to'lashdan bosh tortmoqda va to'lovni bir nechta moslashuvchan qismlarda amalga oshirmoqchi.
Manbaning so'zlariga ko'ra, "Barselona" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi bu qarama-qarshilik "Milan" va PSJ e'tiborini tortdi, ular Reshfordni sotib olmoqchi.
"Barselona" va "rossoneri"dan farqli o'laroq, parijliklar "qizil iblislar"ning futbolchi uchun so'ragan narxini to'liq qondirishga tayyor. Biroq Reshfordning o'zi faqat "Barselona"da o'ynashni xohlayotganini aytdi.
Angliyalik futbolchi joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" safida 39 o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 13 ta golli pas uzatdi. Uning "Barselona" bilan ijara shartnomasi shu yilning iyun oyida tugaydi va klub sotib olish bandini faollashtirmasa, u Angliyaga qaytadi.



