

Bu haqda taniqli jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, bir necha kun avval "ko'k-anorranglilar" skautlar bo'limi vakillari 21 yoshli futbolchining o'yinini kuzatish uchun Italiyaga kelgan.
Palestra "Kalyari"da ijara asosida o'ynaydi. Mavsum yakunlangach, u "Atalanta"ga qaytadi.
Joriy mavsum Palestra barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Yaqinda himoyachi Italiya terma jamoasi safida debyut qildi.



