

"Mavsum oxirida buni xotirjam muhokama qilamiz. Unga bunga shoshilishning hojati yo'q. U o'ziga nisbatan juda halol va o'ta professional. Men uning shartnomasini uzaytirishga loyiq, deb o'ylayman, lekin u avval mavsum yakunlari bo'yicha vaziyatni baholab, keyin qaror qabul qilishni afzal ko'rmoqda. Agar yana bir yil qo'shsak, bu uning uchun allaqachon kafolatlangan bo'ladi. Menga shunday tuyulyaptiki, u uzoq muddatli shartnoma bo'lsa, kimdadir bo'shashish hissi paydo bo'lishi mumkin, deb hisoblaydi", - deb fikr bildirdi Kataloniya klubi prezidenti.
Hozirda "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalini 73 ochko bilan boshqarmoqda. Flik katalon klubini 2024 yildan beri boshqarmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan.



