"Barselona" norvegiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 apr 2026
Lissabonning "Benfika" jamoasida o'ynaydigan norvegiyalik vinger Andreas Shelderup Ispaniyaning eng yaxshi klublaridan biriga o'tish ehtimoli bor.

Bu haqda "Marca" xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, "Barselona" 21 yoshli skandinaviyalik futbolchiga qiziqmoqda. "Ko'k-anorranglilar" tarkibni kuchaytirish uchun Sheldurup nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Portugaliya jamoasi Andreas uchun 20 million evro taklif qilinsa, uni sotishga tayyor.

Shelderup Portugaliya chempionati joriy mavsumida 21 o'yinda qatnashib, 4 ta to'p kiritdi va 3 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca