

"Sport Mediaset" nashri ma'lumotiga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" boshlang'ich summa sifatida 45 million evro taklif qilgan. Biroq "Inter"ga bu summa kamlik qilgan va transferdan eng kamida 60 million evro ishlab olishni reja qilishayotganini ma'lum qilishgan.
"Chelsi" ham transfer uchun muzokaralarga kirishishga tayyor turibdi. Chunki futbolchining o'zi ham jamoadan kyetishga qarshi emas.
Agarda Bastoni "Barselona"ga o'tadigan bo'lsa, u erda yiliga 7 million evro maosh oladi. Bu uning Milandagi maoshidan 2 baravar ko'p degani.



