"Barselona" Bastonining vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda

"Barselona" klubi 26 yoshli italiyalik himoyachi Alessandro Bastoni bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan.

Bu haqda futbol insayderi Fabritsio Romano o'zining YouTube kanalida ma'lum qildi.

Jurnalistning ma'lumotiga ko'ra, kataloniyaliklar Bastonining vakillari bilan himoyachining Ispaniya klubiga o'tishi mumkinligini muhokama qilishmoqda. Bitim ssenariylari orasida o'yinchilarni almashtirish ko'rib chiqilmoqda, ammo Romanoning takidlashicha, bu ehtimoldan yiroq. Bastoni o'ynayotgan "Inter" uni asosiy futbolchi deb hisoblamoqda. Shuning uchun, agar milanliklar uni sotishga rozi bo'lsa, unga yuqori narx belgilanadi, deya takidlaydi Romano.

Bastoni "Inter" safida 2019 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Bu mavsumda himoyachi klub safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: youtube.com/@FabrizioRomanoYT