

Manbaga ko'ra, "Inter" agar kataloniyaliklar kamida 80 mln evro taklif qilsa, himoyachining transferini muhokama qilishga tayyor. "Barsa" narxni tushirish uchun "neradzurrilar"ga o'z futbolchilaridan birini taklif qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, "Inter" "ko'k-anorranglilar"ning ikki futbolchisi - Dani Olmo va Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda. Birinchisi chiziqlar orasida o'ynash qobiliyati bilan, ikkinchisi universalligi bilan qadrlanadi.
Milanliklarga Jerar Martin ham yoqadi, ammo qolgan ikki ispaniyalikdan farqli o'laroq, "Barselona" himoyachini sotishga veto qo'ygan.



