"Bavariya" o'z yulduzini APL grandiga sotmaydi

"Bavariya" prezidenti Gerbert Hayner Maykl Oliseni "Liverpul"ga sotishdan bosh tortdi.

"Liverpul" bu yil 500 million sarfladi va juda yomon mavsumni o'tkazmoqda. Shuning uchun biz ularning kelasi yili yaxshiroq o'ynashiga hissa qo'shmaymiz.

Biz muxlislarimiz uchun o'ynaymiz. Bizda 430 000 nafar klub a'zosi bor, butun dunyo bo'ylab millionlab muxlislarga egamiz va bank hisobimizda 200 million bo'lishi ularga unchalik foyda keltirmaydi, ammo Olisening sotilishi tufayli biz yomonroq o'ynay boshlaymiz".

Joriy mavsum hujumkor yarim himoyachi barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 16 ta gol va 27 ta assist bor.


Manba: