

Myunxen klubi o'yinchi vakillari bilan allaqachon bog'langan. Shu bilan birga, "Man Siti" Fodenni "Etixad"da qoldirish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda, deb xabar beradi TEAMtalk.
Hozirda Angliya klubi rahbariyati Foden bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni faollashtirgan. "Manchester Siti" "Bavariya" qiziqishidan xabardor va o'yinchini yangi shartnoma imzolashga ko'ndirib, muammolarning oldini olishga harakat qilmoqda.
Foden Manchesterda qolishga qarshi emas, lekin hozirgi shartnomasiga nisbatan sharoitlarni yaxshilashni talab qilmoqda. Manba ma'lumotlariga ko'ra, "shaharliklar" rahbariyati o'yinchini jamoada saqlab qolish uchun unga qarab yurishi ehtimoli yuqori.
Filip Foden "Manchester Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2017 yilda ushbu klubning yoshlar jamoasidan o'tgan. Joriy mavsumda u "shaharliklar" safida 41 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi. Uning shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi, Transfermarkt bahosi bo'yicha bozor qiymati 80 million evroni tashkil qiladi.



