"Bavariya" Fodenni Bundesligaga olib ketmoqchi, "Siti" shartnomani yangilashga tayyor

Sherzod Nurmatov
2 apr 2026
"Bavariya" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Fodenga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"TEAMtalk” xabariga ko'ra, nemis grandi vakillari ingliz futbolchisining atrofidagilar bilan Bundesligaga o'tish imkoniyatini o'rganish uchun aloqa o'rnatgan.

Myunxenliklarning faolligiga javoban "Siti" rahbariyati akademiya bitiruvchisi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni tezlashtirdi. "Manchester Siti" futbolchining kyetishi bilan bog'liq har qanday xavfni bartaraf etish niyatida va moliyaviy sharoitlarni yaxshilashga tayyor.

25 yoshli Foden jonajon klubida qolishga tayyorligini bildirdi, ammo yangi shartnomasida maoshining sezilarli darajada oshishini kutmoqda. Klub "Bavariya"ning qiziqishidan xabardor va yarim himoyachini Xosep Gvardiola jamoasi tarkibida saqlab qolish uchun talablarni qondirishga rozi.

Fodenning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt xavbekning bozor qiymatini 80 million evroga baholamoqda. U ushbu mavsum "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 41 o'yinda 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk