O'zbekistonlik Osiyo chempioni Hindistonda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
8 sen 2021, 10:54
2012 yil Eronda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasida Osiyo chempioniga aylangan O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Akobir To'raev faoliyatini Hindistonda davom ettiradi.

25 yoshli To'raev Hindiston I ligasi ishtirokchisi “TRAU” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bunga qadar Akobir Tojikiston chempionatida “Esxata” klubida to'p surdi. Ushbu jamoa safida Tojikiston chempionatida 9ta gol urgan holda to'purarlar qatoridan joy olgan edi.

Ma'lumot uchun, Akobir To'raev faoliyati davomida “Buxoro”, “Paxtakor”, “Mashal”, “Raxmatgonj” (Bangladesh), “Esxata” (Tojikiston) klublarida to'p tepgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia