Akobir To'raev va Sardor Sulaymonov legionerga aylandi

Administrator
22 iyul 2022
Qirg'iziston Oliy ligasi ishtirokchisi "Neftchi" klubi o'z safiga ikki nafar o'zbekistonlik futbolchilarni qo'shib oldi.

Jumladan, o'tgan mavsumni Hindiston chempionatida o'tkazgan hujumchi Akobir To'raev va "G'ijduvon"da to'p tepgan Sardor Sulaymonov "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi.

Shuningdek, ushbu jamoa safida hamyurtlarimiz Azamat Abdullaev va Otabek Haydarov ham to'p tepadi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia