Akobir To'raev "Paxtakor"da

Narzulla Saydullayev
27 dek 2015
"Buxoro" klubining yosh hujumchisi faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

O'smirlar o'rtasida Osiyo chempioni bo'lgan Akobir To'raev ayni paytda "Paxtakor" klubining mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Agar uning harakatlari murabbiylarda yaxshi taassurot qoldirsa, To'raev bilan shartnoma tuziladi.

Ma'lumot uchun, 1996 yilda tug'ilgan Akobir To'raev 2015 yilgi mavsumda oliy ligada bitta o'yinda (8 daqiqaga) zaxiradan maydonga tushdi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia