O'zbekistonlik Osiyo chempioni Bangladesh klubiga o'tdi

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2020
"Buxoro" klubi hujumchisi Akobir To'raev legionerga aylandi.

Hamyurtimiz Bangladesh premer-ligasida ishtirok etuvchi "Rahmatgonj Muslim Friends Society" klubi bilan shartnoma tuzdi.

Yakunlangan mavsumda ushbu klub Bangladesh chempionatida 13ta jamoa orasida 10-o'rinni egallagan edi.

Ma'lumot uchun, 2019 yilgi Superligada To'raev 7ta o'yinda maydonga tushdi (1ta to'liq) va gol ura olmadi. Akobir To'raev 2012 yil Eronda o'tgan U-16 Osiyo chempionatida Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi safida chempion bo'lgan edi. Finalda Yaponiya darvozasiga aynan To'raev gol urandi.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia