Jiru Anriga yetib oldi

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2023
Olive Jiru Fransiya terma jamoasida o'yin o'tkazish bo'yicha Terri Anriga yetib oldi.

36 yoshli hujumchi Evro-2024 saralashi doirasida Gibraltarga qarshi o'yinda maydonga tushdi. Bu Jiru uchun Fransiya terma jamoasidagi 123-o'yin edi. Undan faqatgina Ugo Loris (145) va Lilian Tyuram (142) ko'p o'yin o'tkazgan. 

Jiru shuningdek terma jamoadagi 54-golini urdi. U terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta