

O'yin 7 aprel oqshomida Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.
Oliverga qanot hakamlari Styuart Bert va Jeyms Meynuoring yordam beradi. To'rtinchi hakam Endryu Medli bo'ladi. VAR vazifasini Jarred Jillett bajaradi, unga italiyalik Di Bello assistentlik qiladi.
Bu evrokuboklarda Oliverning "Real” ishtirokidagi beshinchi o'yini bo'ladi. U ilgari Madrid klubining 2017/18 Chempionlar Ligasi chorak finalidagi "Yuventus" (1:3), 2022 yilgi UEFA Superkubogida "Ayntraxt" (2:0), 2023/24 Chempionlar Ligasi guruh bosqichida "Braga" (2:1), shuningdek, joriy mavsumda "Olimpiakos" (4:3) jamoalariga qarshi o'yinlarida ishlagan.



