"Bavariya" Olisening "Real"ga o'tishini cheklab qo'ydi

Sherzod Nurmatov
13 apr 2026
"Bavariya" bosh direktori Maks Eberl Maykl Olisening "Real"ga o'tishiga yo'l qo'ymaydi.

"Olise "Real" Madridga o'tadimi? Yo'q, albatta yo'q. Buning imkoni mavjud emas.

Maykl bu yerda o'zini juda qulay his qilmoqda. Bizda uzoq muddatli loyiha bor", – dedi bosh direktor.

"Bild" ma'lumotlariga ko'ra, Olise chorak finalning "Bavariya"ga qarshi birinchi o'yinidan so'ng "qaymoqranglilar" rahbariyatida katta taassurot qoldirdi. Xabarlarga ko'ra, o'sha o'yindan keyin futbolchiga qiziqish sezilarli darajada oshdi.

Ikki yil oldin Myunxen jamoasi fransiyalik yarim himoyachini Angliyaning "Kristal Pelas" jamoasidan 53 million evroga sotib olgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild