

Ingliz hujumchisi "Tottenxem"da o'ynab yurganida birorta ham sovrin yuta olmagan. 2023 yilda u "Bavariya"ga o'tdi va 2025 yilda o'zining birinchi jamoaviy yutug'i – Bundesliga g'olibligiga erishdi.

"Agar Keyn "Tottenxem"da qolganida, APLning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purariga aylangan bo'lardi. O'shanda u afsona bo'larmidi? Ha. Biroq "Bavariya"ga o'tib to'g'ri qildi, chunki endi u yirik sovrinlarni yuta olishini biladi. U "Tottenxem"da bo'lgani kabi ko'p gol uradi, lekin "Oltin to'p" uchun kurashishi mumkin, chunki u jamoa bilan sovrinlar yutadi", – dedi Fernandesh.
Portugaliyalik yarim himoyachi 2020 yilning boshidan beri "Manchester Yunayted"da o'ynab kelmoqda. Yaqinda yarim himoyachining "Bavariya"ga o'tishi bilan bog'liq mish-mishlar tarqalgan edi.



