Gavining holati bo'yicha ma'lumot berildi

Administrator
2 fev 2025
Bu haqda klub prezidenti shaxsan gapirdi.

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Gavi "Alaves"ga qarshi o'yinda raqib futbolchisi Tomas Konechni bilan to'qnashib ketdi. Ikki futbolchi ham boshi bilan o'zaro urilganidan so'ng Konechnini maydondan maxsus mashinada olib chiqib kyetishdi. Gavi esa o'yinni davom ettirishni istadi, ammo klub shifokorlari unga o'ynashga ruxsat berishmadi.

O'yindan keyin klub prezidenti Joan Laporta Gavining holati bo'yicha ma'lumot berdi.

"Hammasi yaxshi, Gavi bilan gaplashib oldim. Zarba juda kuchli bo'ldi, u o'yinni davom ettirmoqchi edi. Gavi hozir Konechni bilan birga shifoxonada. Vaziyat juda yomon bo'ldi, ammo muxlislar xavotir olishmasa ham bo'ladi", -deydi Joan Laporta.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia