

"Men bu klubga minnatdorman, chunki unda prezidentni saylash huquqi a'zolarga tegishli - bu jahon futbolida kamdan-kam uchraydigan holat. Ovoz berishga kelganlarga alohida rahmat - bu fuqarolik mas'uliyati va "Barselona" ruhining namoyon bo'lishidir. A'zolar qarama-qarshilik emas, birlik yo'lini tanladilar. Bu bizning yo'nalishimizning tasdig'i - jumladan, "Kamp Nou"ni qayta qurishni yakunlash va Espai Barça loyihasi (klub infratuzilmasini qayta qurish loyihasi). Ishtirok etganlarning barchasiga rahmat. Bu natija bizga kuch bag'ishlaydi va endi hech narsa bizni olg'a siljishimizga to'sqinlik qila olmaydi. Biz "Barselona" manfaatlarini har qanday sharoitda himoya qilishda davom etamiz", - dedi Laporta.



