"Barselona"da jiddiy yo'qotish! Joan Garsiya "Nyukasl"ga qarshi o'yindagi jarohati sabab safdan chiqdi

Aslanov Jasurbek
19 mar 2026
Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Joan Garsiya Chempionlar Ligasida olgan jarohati sababli bir muddat jamoasiga yordam bera olmaydi.

"As" jurnalisti Xavi Migelning xabar berishicha, ispaniyalik posbonning chap oyoq boldir mushagida kichik yirtilish aniqlangan. Shu sababli Garsiya kamida 2-3 haftani o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" posboni Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi Angliyaning "Nyukasl" jamoasiga qarshi javob bahsining so'nggi daqiqalarida oyog'idan shikastlangan edi. Ma'lumot o'rnida, kataloniyaliklar ushbu o'yinda 7:2 hisobida ishonchli g'alaba qozonib (birinchi o'yin – 1:1), chorak finalga yo'l olishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As