Laporta Messining kyetishi haqida: "Tebas tarixdagi eng yaxshi futbolchining La Ligada qolishiga qarshi edi"

Aslanov Jasurbek
11 mar 2026
"Barselona"ning so'nggi prezidenti Joan Laporta afsonaviy hujumchi Lionel Messining klubdan kyetish sabablarini yana bir bor eslab o'tdi va bunda La Liga rahbariyatini aybladi.

Xavining gaplariga javob:

Eslatib o'tamiz, avvalroq jamoaning sobiq ustozi Xavi argentinalik yulduz 2023 yilda qaytishga tayyor bo'lganini, biroq Laporta bunga to'sqinlik qilganini takidlagan edi.

Kosmik qarzlar va Tebasning qarshiligi:

Laporta "SER Catalunya" radiosining "Qué t’hi jugues" dasturida chiqish qilib, asl vaziyatni quyidagicha tushuntirib berdi:

"Biz Messi bilan nima qilishimiz kerakligini avval ham muhokama qilganmiz. Uning haykalini Kroyff haykali yoniga o'rnatishimiz va butun Kamp Nou 105 000 tomoshabinni sig'dira oladigan vaqtda ulug'vor xayrlashuv marosimini o'tkazishimiz lozim. Menimcha, tarixdagi eng yaxshi futbolchi uchun bu adolatli qaror.

2021 yilda biz Messi bilan shartnomani uzaytira olmadik, chunki maoshlar vedomosti nazoratdan chiqib ketgandi. Kosmik darajadagi qarzdorlik fonida bu xarajatlar yanada oshib ketardi. Buning shunchaki iloji yo'q edi.

Aslida niyatimiz shartnomani uzaytirish edi. Biz kreativ echimlarni qidirdik, biroq Xaver Tebas tarixdagi eng yaxshi futbolchining Ispaniya ligasida qolishiga qarshilik qildi".

Saylovlar oldidan Laportaning bunday bayonotlari va o'tmishdagi mojarolarni qayta ko'tarishi muxlislar o'rtasida yana katta bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As