

Superliga. 8-tur
"Paxtakor" – "Dinamo" 4:2
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin
Zaxira hakami: Muhammadali Baxtiyorov
VAR hakami: Rustam Choriev
AVAR hakami: Anvar Marajabov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Qudrat Madraimov
Gollar: 1:0 – 9, Dostonbek Hamdamov (Bashar Resan), 2:0 – 22, Bashar Resan (Dostonbek Hamdamov), 2:1 – 23, Anvarjon Hojimirzaev (Kingsli Sarfo), 2:2 – 27, Azizbek Amonov (Sanjar Qodirqulov), 3:2 – 60, Dostonbek Hamdamov (penalti), 4:2 – 71, Bashar Resan
"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 7. Hojiakbar Alijonov, 5. Muhammadqodir Hamroaliev, 34. Sherzod Nasrullaev, 17. Dostonbek Hamdamov (19. Pyotr Parjishek, 84), 11. Hojimat Erkinov (8. Dilshod Saitov, 72), 23. Abdurauf Bo'riev, 21. Bashar Resan (9. Ibrohim Ibragimov, 85), 10. Akmal Mozgovoy (4. Zaid Tahsin, 79), 27. Sardor Sobirxo'jaev.
Zaxira: 12. Vladimir Nazarov, 14. Rustam Turdimurodov, 3. Shahzod Azmiddinov, 50. Flamarion Jovino, 20. Dilshod Abdullaev.
"Dinamo": 27. Edem Nemanov, 22. Ulug'bek Abdullaev, 6. Jahongir O'rozov, 20. Jaloliddin Jumaboev, 5. Mahamadu Dembele, 7. Sanjar Qodirqulov (97. Til Mavretich, 61), 15. Rasul Yo'ldoshev (16. Dramane Salou, 76), 4. Nurillo To'xtasinov (21. Jahongirbek Abdusalomov, 72), 44. Kingsli Sarfo (77. Behruzbek Oblaqulov, 76), 10. Anvarjon Hojimirzaev, 8. Azizbek Amonov.
Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 11. Xislat Halilov, 17. Salim Mustafoev, 99. Ulug'bek Hoshimov, 24. Akbar Xudoyberdiev.
Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy (15), Jahongir O'rozov (20), Mahamadu Dembele (31), Rasul Yo'ldoshev (45+6)
O'yin yakunlandi.
90+4. Alijonovning uzatmasidan so'ng Ibragimov havodagi to'pni to'xtatmasdan zarba berdi, ammo to'p darvoza ustuni yuqorisidan o'tib ketdi.
90. Quvvatov raqib tezkor hujumini qaytarishda Amonov bilan to'qnashib ketdi.
90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.
85. “Paxtakor”da ikki o'zgarish.
83. “Dinamo” qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi, aniqrog'i, Quvvatov ketma-ket ikki zarbani qaytardi.
79. “Paxtakor”da o'zgarish.
76. “Dinamo”da ikki o'zgarish.
72. Ikki jamoa safida bittadan o'zgarish.
71. GOL! O'rozovning qo'pol xatosidan so'ng "Paxtakor" 4-golni urdi! Resan ham Hamdamov singari o'z dublini rasmiylashtirdi!
70. To'xtasinov tepgan to'pni Quvvatov ushlab oldi.
65. O'rozovning olisdan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Quvvatov to'pni egalladi.
64. Erkinov raqib himoyachisining xatosidan foydlanib, darvoza tomon zarba yo'lladi, Nemanov to'pni qaytardi.
61. “Dinamo”da o'zgarish.
60. GOL! Hamdamov penaltini aniq amalga oshirdi. Nemanov to'p yo'nalishini topgan bo'lsa-da, qaytara olmadi.
59. "Dinamo" darvozasi tomon penalti belgilandi. Dembele o'z jarima maydonida qo'l bilan o'ynagan ekan.
57. Hakam VAR monitori orqali ehtimoliy penaltini ko'rib chiqadi. Erkinov raqib jarima maydonida Dembele bilan to'qnashdi.
55. “Dinamo”ning chap qanotdan uzatmasi Quvvatovning to'pni egallashi bilan yakunlandi.
51. Hojimirzaev raqib jarima maydoniga kirib bordi, ammo himoyachilar uning zarba berishiga yo'l qo'ymadi.
48. Jumaboevning jarimadan yo'llagan zarbasini Quvvatov qaytardi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Taym yakunlandi.
45+6. Dembelening qo'pol xatosini to'g'rilashga uringan Yo'ldoshev qo'pollik evaziga raqib futbolchisini to'xtatgani uchun ogohlantirildi.
45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.
44. Hojimirzaev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
43. “Paxtakor”ning o'ng qanotdan tashkillashtirgan hujumini O'rozov bartaraf etdi.
40. Hamdamovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
33. Hamdamovning jarimadan yo'llagan zarbasi “jonli devor”dan qaytdi.
31. Hakam Dembelening Erkinovga nisbatan qo'polligidan so'ng ehtimoliy chetlatishni VAR monitori orqali ko'rib chiqdi va “Dinamo” himoyachisini ogohlantirdi.
27. GOL! "Dinamo" hisobni tenglashtirdi! Qodirqulovning pasidan so'ng Amonov chap oyoqda kuchli va aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi!
23. GOL! Hojimirzaev raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda ishonchli harakat qildi! Dastlab golni ofsayd deya baholagan hakam vaziyatni VAR orqali ko'rgach, qarorini o'zgartirmadi.
22. GOL! "Paxtakor" ikkinchi golni urdi! Hamdamovdan pas qabul qilgan Resan ikki-uch nafar raqib himoyachisi orasidan to'pni darvozaga joyladi!
21. Jarima uzatmasidan so'ng Hamralievning zarbasi
20. Erkinovni to'xtatib qolgan O'rozov ogohlantirildi.
15. VAR orqali vaziyatni ko'rib chiqqan hakam Mozgovoyga sariq kartochka ko'rsatdi.
12. Mozgovoy va Yo'ldoshev maydon markaziga yaqin nuqtada to'qnashib ketdi.
12. Amonovning raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasini Quvvatov oyog'i bilan qaytardi.
9. GOL! "Paxtakor"ning kombinacion hujumidan so'ng Resandan pas qabul qilgan Hamdamov raqib darvozasiga to'p kiritdi!
7. Hojimirzaevning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi, qolaversa, u ofsaydda qolgan ekan.
5. Qodirqulov chap qanotdan oldinga bordi, uning uzatmasini himoyachi autga tepib yubordi.
2. Alijonov o'ng qanotda bir raqibini ortda qoldirib, jarima maydoniga pas berdi, ammo uzatma yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.
1. O'yinni mehmonlar boshladi.
Jamoalar maydonga chiqishdi. “Paxtakor” to'q ko'k, “Dinamo” oq liboslarda o'ynaydi.



