

Unda "Sietl Saunders" va "Inter Mayami" bahs olib bordi.
Uchrashuv "Sietl Saunders"ning yirik 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, jamoa tarixidagi ilk sovriniga ega bo'ldi.
Musobaqaning bronza medali uchun kechgan bahsida "Los-Andjeles Gelaksi" "Orlando Siti"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Liga kubogi - 2019 yildan beri MLS (AQSH va Kanada) va Liga MX (Meksika) klublari o'rtasida o'tkaziladigan Shimoliy Amerika futbol turniri. O'tgan mavsumda turnirda "Kolumbus Kryu" g'olib chiqqan.



