Barcha davrlarning eng ko'p daromad topgan sportchilar reytingi e'lon qilindi. Ro'yxatdan 4 nafar futbolchi joy oldi

Nufuzli amerikalik Sportico portali barcha zamonlarning eng ko'p daromad topgan 50 nafar sportchisi ro'yxatini e'lon qildi

Daromadga ish haqi, bonuslar, sovrin pullari, reklamaviy shartnomalar, licenziyalar, mualliflik huquqlari, esdalik buyumlari, kitob shartnomalari va chiqishlar uchun gonorarlar kiritilgan. Ro'yxatga kirgan 50 nafar sportchi orasida faqat to'rt nafar futbolchi bor.

Uchinchi o'rinda "Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu inflyaciyani hisobga olgan holda 2,52 milliard dollar daromad bilan joylashgan. Beshinchi o'rindan "Inter Mayami" va Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi - 1,99 milliard dollar bilan joy olgan.

"Real"i va "Manchester Yunayted"ning sobiq o'yinchisi, hozirda "Inter Mayami"ning egasi Devid Bekxem 1,68 milliard dollar daromad bilan sakkizinchi o'rinda. 14-o'rindan "Santos" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar - 1,24 milliard dollar bilan joy olgan.

Ro'yxatni NBAning olti karra chempioni amerikalik Maykl Djordan 4,5 milliard dollar daromad bilan boshqarmoqda.


Manba: Sportico