Maykl Jordan tarixdagi eng boy sportchi, Ronaldu va Messi kuchli beshlikda

Aslanov Jasurbek
1 apr 2026
"Sportico" nashri sport tarixidagi eng ko'p daromad topgan atletlar reytingini e'lon qildi.

Ushbu ro'yxatda mashhur basketbolchi Maykl Jordan yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

Krishtianu Ronaldu ketma-ket ikkinchi yil ushbu reytingda uchinchi o'rinni egallab turibdi. Portugaliyalik yulduzning umumiy daromadi inflyaciyani hisobga olganda 2,53 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Reytingning yuqori qismi bilan tanishing (inflyaciyani hisobga olgan holda):

  1. 🏀 Maykl Jordan (basketbol) – 4,5 mlrd dollar

  2. ⛳️ Tayger Vuds (golf) – 2,88 mlrd dollar

  3. ⚽️ Krishtianu Ronaldu (futbol) – 2,53 mlrd dollar

  4. 🏀 Lebron Jeyms (basketbol) – 2,03 mlrd dollar

  5. ⚽️ Lionel Messi (futbol) – 1,99 mlrd dollar

    ...

  6. ⚽️ Devid Bekxem (futbol) – 1,68 mlrd dollar

  7. 🎾 Rojer Federer (tennis) – 1,67 mlrd dollar

  8. ⚽️ Neymar (futbol) – 1,24 mlrd dollar

E'tiborlisi, kuchli 50 talikka kirgan yagona ayol sportchi afsonaviy tennischi Serena Uilyams bo'ldi - u 680 million dollar daromad bilan 40-o'rinni egalladi.

Ronaldu va Messi futbol olamining nafaqat maydondagi, balki moliyaviy jihatdan ham eng yirik qirollari bo'lib qolmoqda. "Al Nassr" hujumchisining Saudiya Arabistonidagi shartnomasi uning boyligini yanada tezroq oshirishga xizmat qilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportico