Argentina terma jamoasi yetakchisi jarohati tufayli JCHni o'tkazib yuborishi mumkin

Sherzod Nurmatov
30 mar 2026
Lionel Skaloni va Argentina terma jamoasi muxlislari uchun noxush xabar paydo bo'ldi.

Insayder Renco Pantichning ma'lum qilishicha, "Inter Mayami"ning 31 yoshli markaziy yarim himoyachisi Rodrigo De Paul oyog'idagi jarohati bois milliy terma jamoaning Mavritaniya va Zambiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazib yubormoqda.

1.jpg

De Paulga ekximoz tashxisi qo'yilgan, bu holat teri ostidagi qon tomirlarining yorilishi bilan bog'liq va sog'liq uchun jiddiy xavf tug'diradi.

Tajribali futbolchi hozirda Argentina tibbiy xodimlari nazoratida bo'lib turibdi. Agar oyog'idagi ko'karish tez orada tuzalmasa, yarim himoyachi ikki oydan sal ko'proq vaqtdan keyin boshlanadigan Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Foot Africa