Argentina uchun noxush xabar: Liga 1 to'purari JCHni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
30 mar 2026
"Strasbur" hujumchisi Xoakin Panichelli Argentina terma jamoasi mashg'ulotlari paytida oldingi xochsimon bog'lamini uzib oldi.

"Football Italia" nashrining xabar berishicha, shifokorlar uning tiklanishi 5-6 oy davom etishini taxmin qilmoqda.

Avvalroq o'yinchining vakillari hujumchiga "Milan" tomonidan qiziqish bo'layotganini tasdiqlagandi. Biroq jiddiy jarohat tufayli muzokaralar to'xtatilgan.

Shuni takidlash kerakki, Panichelli Liga 1'da ajoyib mavsum o'tkazmoqda va 16 ta gol bilan to'purarlar jadvalida yetakchilik qilmoqda. Endi u klub mavsumining qolgan qismini va Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.

23 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasi safida o'tgan yilning noyabr oyida Angola terma jamoasiga qarshi o'yinda debyut qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia