Skaloni: "Messi Zambiyaga qarshi asosiy tarkibda tushadi"

Aslanov Jasurbek
30 mar 2026
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Zambiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Murabbiyning tasdiqlashicha, Lionel Messi Zambiya bilan bahsda o'yinni ilk daqiqalardan boshlaydi. Eslatib o'tamiz, avvalgi Mavritaniyaga qarshi bahsda (2:1) yulduzli hujumchi faqat bir bo'lim o'ynagan edi. Bu galgi tarkibdagi o'zgarishlar boshqa futbolchilarga ham imkoniyat berish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Skaloni bo'lajak Jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkib haqida ham to'xtaldi: "Biz allaqachon 55 kishilik ro'yxatni Argentina futbol associaciyasiga topshirdik. Futbolchilarni ko'rsatayotgan o'yinlariga qarab saralab boramiz. Yakuniy qaror esa eng oxirida qabul qilinadi".

Ma'lumot uchun, Argentina va Zambiya o'rtasidagi uchrashuv 1 aprelga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TyC Sports