

Shundan so'ng "qizil furiya" yangi raqiblar topdi: 27 mart kuni Serbiya milliy jamoasiga qarshi, 31 mart kuni esa Misr milliy jamoasiga qarshi o'ynaydi.
Serbiya bilan uchrashuv qayerda o'tishi hali noma'lum. Misr terma jamoasi esa bayonotida uchrashuv mashhur raqib maydonida, yani Ispaniyada bo'lib o'tishini ma'lum qildi.
Bu taklif Ispaniya futbol federatsiyasidan chiqqan bo'lib, "faraonlar" uni mamnuniyat bilan qabul qildi. Endi eng asosiy vazifa - Ispaniyaga safarni tashkil etish.



