"Arsenal" Bundesliganing eng istiqbolli hujumchilaridan birini kuzatib bormoqda

Sherzod Nurmatov
3 apr 2026
"Arsenal" "Bayer" hujumchisi Kristian Kofanega davogarlik qilmoqda.

Germaniyalik jurnalist Florin Plettenbergning so'zlariga ko'ra, 19 yoshli istedodli hujumchi Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichidagi o'yinida skautlar va "kanonirlar" murabbiylar shtabini hayratda qoldirdi.

Yosh hujumchiga boshqa bir qancha yetakchi ingliz klublari ham qiziqish bildirmoqda va "Real" ham uni kuzatuv ostiga olgan.

3.jpg

"Bayer" yozgi transfer uchun 60-70 million evro talab qiladi.

Kofane joriy mavsum barcha musobaqalarda 39 o'yinda 7 ta gol urdi hamda 8 ta assist qayd etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Illustrated