Ronaldu kechagi uchrashuvdan so'ng o'z fikrini bildirdi

"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasi 2025/2026 mavsumi 27-turida "Al Nadjma" ustidan qozonilgan g'alabani ikki jumla bilan izohladi.

"Qanday yaxshi qaytish! Biz birgalikda olg'a siljiymiz!" - deb yozgan Ronaldu o'zining X ijtimoiy tarmog'ida.

Krishtianu Ronaldu 56-daqiqada penaltini golga aylantirdi. 73-daqiqada esa dubl rasmiylashtirdi. Portugaliyalik futbolchi son jarohatidan keyingi birinchi o'yinida maydonga tushib, faoliyatidagi 966- va 967-golini urdi.

27 o'yindan keyin Saudiya Arabiya chempionatida "Al Nassr" 70 ochko to'plab, turnir jadvalini boshqarmoqda.


Manba: Championat.com