

Qayd etilishicha, Qatar jamoasi bilan shartnomani bekor qilish muammo bo'lmaydi.
Manchini 2018 yildan 2023 yilgacha Italiya terma jamoasini boshqargan. U Saudiya Arabistoni terma jamoasi, "Zenit”, "Inter”, "Galatasaroy”, "Manchester Siti”, "Lacio" va "Fiorentina" klublarida ham ishlagan.
Mart oyi oxirida Italiya terma jamoasi o'tish o'yinida Bosniya va Gersegovinaga (1:1, penaltilar seriyasida 1:4) imkoniyatni boy berib, JCH-2026ga chiqa olmadi. Shundan so'ng bosh murabbiy Jennaro Gattuzo iste'foga chiqarildi. Uning o'rniga yana ikki nomzod - Massimiliano Allegri va Antonio Konte davogarlik qilayotgani xabar qilingandi.



