"Liverpul"ga "Inter" yulduzi bilan shartnoma imzolash taklif etildi

Sherzod Nurmatov
3 apr 2026
"Inter" o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfris bu yozda A Seriyani tark etib, APLga o'tishi mumkin.

Niderlandiyalik futbolchining hozirgi shartnomasida taxminan 21 million funtga baholangan qo'yib yuborish bandi bor, bu esa Yevropa klublarining qiziqishini uyg'otdi.

"TEAMTalk" xabariga ko'ra, "Inter" vaziyatdan xabardor va himoyachi bilan yangi shartlar bo'yicha muzokara olib borishga va klubdagi uzoq muddatli kelajagini taminlashga harakat qilmoqda.

29 yoshli futbolchi "neradzurri" bilan muzokaralarni davom ettirayotgan bir paytda, uning vakillari muqobil variantlarni faol ravishda o'rganmoqda. Angliyadagi bir nechta klublarga allaqachon mumkin bo'lgan kelishuv haqida murojaat qilingan.

Murojaat qilinganlar orasida Denzelni uzoq vaqtdan beri kuzatib keladigan "Liverpul" ham bor, biroq "qizillar" transferni to'liq rad etmagan bo'lsa-da, o'ng qanot himoyachisi poziciyasi hozirda ular uchun ustuvor maqsad emas.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMTalk