

"Salary Leaks" ma'lumotlariga ko'ra, Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi "Liverpul" vingeri Muhammad Salohga "kosmik" shartnoma taklif qildi.
Saudiya Arabistoni klubi misrlik futbolchiga yiliga 100 million dollar bermoqchi. Futbolchi buni qabul qiladimi yoki rad etadimi, hozircha noma'lum.
Agar 33 yoshli futbolchi ushbu shartnomaga imzo cheksa, Krishtianu Ronaldudan keyin dunyoda ikkinchi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. "Al Nassr" hujumchisi yiliga 200 mln dollar maosh oladi.



