Saudiya klubi Skott Maktomineyga juda katta maosh taklif qildi - Skira

Saudiya Pro-ligasining nomi oshkor etilmagan klubi "Napoli" yarim himoyachisi Skott Maktomineyga juda yuqori maoshli shartnoma taklif qilgan.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Insayder ma'lumotlariga ko'ra, italyan klubi yarim himoyachisi taklifni rad etgan. Shotlandiyalik o'zining hozirgi klubi bilan 2030 yilgacha shartnomani uzaytirishni maqsad qilgan.

Joriy mavsumda Skott Maktominey klub safida barcha turnirlarda 36 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 45 million evroni tashkil qiladi.


Manba: