"Manchester Yunayted" Maktomineyni qaytarish ustida ishlamoqda

Alisher Ostonov
14 fev 2026
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi 29 yoshli shotlandiyalik yarim himoyachi Skott Maktomineyni ortga qaytarishni maqsad qilgan.

Maktominey MYU tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2017 yildan 2024 yilgacha jamoada o'ynagan. Futbolchi vakillarining takidlashicha, futbolchiga Neapolda hamma narsa maqul, ammo u APLga qaytishni istamoqda.

Maktominey joriy mavsum "Napoli" safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushdi. Yarimhimoyachi hisobida 10 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb