

"Ular MYUdan kyetib, mana, zo'r bo'lib kyetishdi", deb qo'yish juda oson. Kyetishimdan oldingi mavsumimda yomon o'ynamaganman. 10 gol urdim, sovrin yutdik.
Markus Reshford bilan holat boshqacha edi, qancha mish-mishlar bo'ldi, biroq u taslim bo'lmadi. U doimo top-futbolchi bo'lib kelgan. Klubning afsonalaridan biri desak bo'ladi. U MYU uchun ko'plab gollar urdi.
Qachonki senga katta e'tibor qaratilar ekan, ishlaring o'xshamasligi mumkin. Futbolchilar jamoasini almashtirganidan keyin ko'proq o'yinlarda o'ynashni boshlashadi. Tabiiyki, bunday paytda futbolchilarda ishonch paydo bo'ladi. MYUda imkoniyatni o'zing ishlashing kerak, mana, Brunu Fernandesh aqlbovar qilmas o'yin ko'rsatmoqda.
"Manchester Yunayted"ni ayblash noto'g'ri. Men u erda bo'lganimda klubdagilarning barchasi futbolchining rivojlanishi uchun katta mehnat qilishardi, murabbiy kim bo'lishidan qatiy nazar ovqatlanishda, mashg'ulotlarda, umuman barchasida yordam berishardi. Barchasi futbolchining o'ziga bog'liq", - dedi Maktomini.



