

"Marca" nashrining xabar berishicha, portugaliyalik yulduz bu borada o'z tashabbusini ko'rsatgan.
Kazemiro yozda "Manchester Yunayted"ni tark etishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan. Ronalduning fikricha, 34 yoshli yarim himoyachi "Al Nassr"ning darajasini sezilarli darajada oshirishga qodir bo'lgan asosiy figura hisoblanadi.
Biroq, bu transfer oson kechmaydi. Kazemiroga Lionel Messi to'p surayotgan "Inter Mayami" klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hattoki, muzokaralar ancha ilgarilab ketgani va futbolchi yaqinda Mayamida klub infratuzilmasi bilan tanishib qaytgani aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu va Kazemiro 2013 yildan 2018 yilga qadar Madridning "Real" klubida birga to'p surib, ko'plab sovrinlarga ega chiqishgan.



