🔴🔴🔴 Superliga. "Qizilqum" - "Neftchi" 0:4 (matnli translyatsiya)

Narzulla Saydullayev
4 apr 2026
Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Neftchi" uchrashuvi boshlandi.

"Qizilqum" – "Neftchi" 0:4 LIVE

04 aprel 2026 yil. Navoiy, "Yoshlar" sport majmuasi. 18:00

Hakamlar: Nayim Qosimov, Elnur Doniyorov, Zufar Eliboev, Alisher Rahimqulov

VAR: Ravshan Abduvohidov

AVAR: Zilola Rahmatova

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Sherzod Rajabov.

Gollar: Zoran Marushich 18, - 0:1. Alisher Odilov 41, - 0:2 (Zoran Marushich). Zoran Marushich 51, - 0:3 (Alisher Odilov). Ikrom Aliboev 59 penalti, - 0:4.

❤️ "Qizilqum": 1.Farhod Rahmatov, 8.Shahzod Rahmatullaev, 9.Shahzod Turopov (14.Alisher Shukurov, 60), 11.Oleksey Shchebetun, 15.Nikola Kumburovich, 20.Bobomurod Bozorov (4.Ilhomjon Vahobov, 64), 23.Samandar Shukurullaev, 31.Jambuli Jigauri, 34.Grigol Chabradze (7.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 60), 70.Shohruz Norxonov, 77.Diyor Rahmatullaev.

Zaxira: 99.Humoyunshoh Sayyotov, 6.Murodali Usmonov, 10.Islom Kenjaboev, 19.Ilhom Kenjaev, 30.Ozodbek Mo'ydinov, 44.G'iyosjon Rizaqulov.

🤍 "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Abror Ismoilov, 10.Jamshid Iskanderov, 20.Anvar G'ofurov (15.Nurmuhammad Abdug'aniev, 64), 22.Alisher Odilov (9.Xurshid G'iyosov, 64), 23.Yovan Jokich (77.Ratino, 64), 32.Zoran Marushich, 34.Farruh Sayfiev.

Zaxira: 16.Ibrohim Shokirov, 8.Vladimir Yovovich, 11.Asilbek Jumaev, 18.Stipe Perica, 21.Muhsin Ubaydullaev, 30.Rustambek Fomin, .

🟨 Ogohlantirishlar: Alisher Odilov 35, Grigol Chabradze 35,

MATNLI TRANSLYATSIYA

64. O'zgarish. “Qizilqum“. Bozorov o'rniga Vahobov tushdi

64. O'zgarishlar. "Neftchi". Jokich, Odilov va G'ofurov o'rniga Ratino, G'iyosov, Abdug'aniev tushdi

60. O'zgarishlar. "Qizilqum". Turopov va Chabradze o'rniga Shukurov va Jumanqo'ziev tushdi

59. GOL! IKROM ALIBOEV! Penaltidan Aliboev unumli foydalandi - 0:4.

55. UXX! Abror Ismoilov raqib jarima maydoni ichida yiqildi, Bozorov uni yiqitgandi. VAR orqali bosh hakam “Qizilqum“ darvozasi tomon penalti belgiladi.

51. GOL! ZORAN MARUSHICH! Iskanderov-Odilov-Marushich kombinaciyasi gol bilan tugadi - 0:3. ⚽️

46. Ikkinchi taym boshlandi

45+2. Birinchi taym tugadi, “Qizilqum“ - “Neftchi“ 0:2 🔜

45+1. ZARBA! Rahmatullaev belgilangan jarima to'pini noaniq amalga oshirdi

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

41. GOL! ALISHER ODILOV! Marushichning to'p uzatishidan keyin Odilov birga bir vaziyatdan gol urdi - 0:2. ⚽️

35. 🟨 Alisher Odilov va Grigol Chabradze

30. ZARBAAA! Xavfli vaziyat! Shchebetunning to'p uzatishidan keyin Chabradze jarima maydoni ichidan zarba berdi, to'p darvoza to'riga tashqi tomonidan tegdi.

26. “Neftchi“da jarima to'pi, Ismoilov jarima zarbasi ishladi, Iskanderovning zarbasi ancha noaniq ketdi

18. GOL! ZORAN MARUSHICH! O'ng qanotdan Abror Ismoilov to'pni havolatib uzatdi, Alisher Odilovning darvozaga yo'llagan zarbasidan keyin Farhod Rahmatov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Marushich darvozaga yo'lladi - 0:1. ⚽️

14. ZARBA! Yovan Jokichning jarima maydoni yonidan tepgan zarbasi noaniq ketdi

11. ZARBAAAA! Chabradze o'ng qanotdan to'pni sheriklariga uzatdi, Norxonovning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!

5. ZARBAAA! Shchebetun chaqqon harakatlar bilan jarima maydoni ichiga kirib zarba berdi, noaniq!

1. O'YIN BOSHLANDI❗️

-O'yin soat 18:00da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia