

"The Athletic" nashrining xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchining transfer summasi 41,25 million evroni tashkil etadi. Klublar hozirda to'lov tizimini kelishib olishmoqda va yaqin orada shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Bu transfer Braziliya chempionati tarixidagi eng qimmat xarid sifatida rekord o'rnatadi. Avvalgi rekord "Kruzeyro"ga tegishli edi - ular "Zenit"dan Jersonni bonuslar bilan birga 30 million evroga sotib olishgandi.
Ma'lumot uchun, Lukas Paketa APL joriy mavsumida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



