

Futbolchi bilan shartnoma 2030 yil oxirigacha mo'ljallangan. Futbolchi "qizil-qoralar" safida 20-raqam ostida harakat qiladi.
Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Flamengo" Paketa transferi uchun 42 mln evro to'lagan, bu Braziliya uchun rekord summa hisoblanadi.
Paketa - “qizil-qoralar” tarbiyalanuvchisi. 2019 yilda yarim himoyachi "Flamengo"dan "Milan"ga o'tdi. Futbolchi "Vest Xem" safida 2022 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 139 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 35 mln evroni tashkil etadi.



