Maguayr 4 ta klub taklifini rad etdi

Sherzod Nurmatov
23 mar 2026
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Harri Maguayr kyetish niyatida emas.

33 yoshli futbolchining "qizil iblislar" bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi va bir nechta klublar ingliz futbolchisini erkin agent sifatida tarkibga qo'shib olishga qiziqish bildirdi.

"TEAMtalk" nashrining xabar berishicha, Maguayr "Tottenxem", "Everton", "Sanderlend" va "Vest Xem"dan kelgan takliflarni rad etgan. Futbolchi MYU bilan bitimni uzaytirishga yaqin.

Harri Maguayr 2019 yildan beri "qizil iblislar" safida o'ynab kelmoqda. U ushbu mavsum 20 o'yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk