

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti sobiq shogirdi Luka Modrich bilan hazillashdi.
"Real Madrid"da ko'p yillar davomida birga ishlagan italiyalik mutaxassis o'yindan so'ng xorvatiyalik afsonani quchoqlab, kulgancha shunday savol berdi: "Sening mabodo braziliyalik bobong yo'qmi?"
Shu tariqa, Anchelotti 40 yoshli Modrichni JCH-2026 oldidan Braziliya terma jamoasi uchun naturalizaciya qilish mumkinligiga shama qilib hazillashdi. Luka Modrich 13 yillik Madriddagi faoliyatidan so'ng, 2025 yil yozidan buyon Italiyaning "Milan" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Garchi Xorvatiya mag'lub bo'lgan bo'lsa-da, ikki afsonaning bunday munosabati futbol muxlislarining mehrini qozondi.



