"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Oskar 34 yoshida faoliyatini yakunladi

Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, "San Paulu" sharafini himoya qilgan Oskar 34 yoshida faoliyatini yakunladi.

Bu haqda "San Paulu" rasmiy sayti xabar bermoqda.

Oskar 2012 yildan 2017 yilgacha "Chelsi"da o'ynagan. U London klubi tarkibida Angliya chempioni bo'lgan. Futbolchining faoliyat ro'yxatida "Internasonal" va "Shanxay Port" klublari ham bor. U "San-Paulu" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


Manba: saopaulofc.org