"Manchester Siti" Oskar Bobbni APLning boshqa klubiga sotish bo'yicha kelishuvga erishdi

Administrator
28 yanv 2026
"Man Siti" Bobbni "Fulxem"ga 27 million funt sterlingga sotadi.

Sky Sports xabariga ko'ra, "Manchester Siti" va "Fulxem" 22 yoshli Oskar Bobbning transferini 27 million funt sterlingga kelishib olishdi.

Shuningdek, "shaharliklar" qanot hujumchisini keyinchalik qayta sotishdan tushgan mablag'ning 20 foizini olishi ma'lum qilindi.

Bobb 2023 yildan beri "Siti"ning asosiy jamoasida o'ynab kelmoqda. U barcha musobaqalarda jami 47 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan. Joriy mavsumda Oskar APLdagi 9 ta o'yinda 1 ta golli uzatma bergan.


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports