Oskar Garsiya: "Arbeloa faqat Mourinyo haqida gapirgani uchun murabbiy bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2026
"Selta" va "Brayton" klublari sobiq bosh murabbiyi Oskar Garsiya Alvaro Arbeloaning "Real"ga tayinlanishiga keskin munosabat bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso ketganidan so'ng, dushanba kuni 42 yoshli mutaxassis "qirollik klubi" boshqaruviga keldi.

"U Mourinyoga o'xshashni xohlaydi va hozir "Real" murabbiyi bo'lib turganining yagona sababi - faqat Mourinyo haqida gapirishidir.

Taktik jihatdan, men "Kastilya"ning bir nechta o'yinlarini ko'rib shuni aytishim mumkinki, u Xabi Alonsoning oldida ip esholmaydi.

U Xabi Alonso bilan chiqisha olmagan futbolchilar bilan ishlaydi. Prezident uni qanchalik qo'llab-quvvatlamasin, jamoada kimning so'zi o'tishi hali noma'lum. Prezident uchun kim muhimroq: Vinisiusmi yoki Arbeloa?

U muxlislar qanday o'yin kutayotganini biladi... lekin vaziyatni o'zgartirish uchun o'zini juda yaxshi tomonlama ko'rsatishiga to'g'ri keladi", - dedi Garsiya Catalunya Radio efirida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca